To‘lov usullari

Kundalik-ga obuna bo‘lish

Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, yangi foydalanuvchi 2 turdagi obunaning birini xarid qilish huquqiga ega bo‘ladi.

  1. Web kundalik - veb-brauzer orqali barcha kundalik funksiyalarga kirish. Obuna har bir o‘quvchi uchun alohida xarid qilinadi va yiliga 7 000 so‘mni tashkil etadi. (Siz faqat sayt orqali to‘lashingiz mumkin).
  2. PRO Kundalik - veb-brauzer va Kundalik.Family ilovasi orqali kundalikning barcha funksiyalarga kirish. Obuna oilaviy bo‘lib, yiliga 40 000 so‘mni tashkil qiladi. Obunani sayt orqali ham, ilova orqali ham xarid qilish mumkin.

Obunalarni boshqarish sahifasiga o‘tish uchun:

  • ekraning yuqori o‘ng qismida foydalanuviningfamiliyasini bosish;
  • ochiladigan menyuda «Obunalar» tugmasini tanlash;
  • sizni qixiqtirgan obunaning narxining ostidagi  «Obuna bo‘lish» tugmasini bosish.

Screenshot_1.png 

Mavjud to‘lov usullari:

  1. Davr Bank orqali to‘lov;
  2. Click to‘lov tizimi orqali to‘lov;
  3. Payme to'lov tizimi orqali to'lov;
  4. Kundalik ID dan foydalangan holda bank ilovalari orqali to'lov;
  5. Upao terminali orqali naqd to'lov;
  6. Kundalik.Family ilovasi orqali PRO obunasi uchun to'lov.

MUHIMto‘lov tizimlari orqali obunani xarid qilish uchun "Obunalar" sahifasining yuqori o‘ng qismida ko‘rsatilgan Kundalik Kundalik ID foydalanish lozim:

14.jpg

4.jpg

 

 

Davr Bank orqali to‘lovlar

Davr Bank – to‘lov usulini bosgandan so‘ng, Tizim foydalanuvchini bank to‘lov shakliga o‘tkazadi.

Karta ma'lumotlarini kiritgandan so‘ng, ko‘rsatilgan karta ulangan telefon raqamiga to‘lovni tasdiqlash kodi bilan SMS yuboriladi. To‘lovni tasdiqlash uchun SMS-da ko‘rsatilgan kodni kiritishingiz kerak:

 

7.jpg

 

Eslatma: To‘lov qaysi bankda xizmat ko‘rsatilishidan qat'i nazar, milliy Uzcard va Humo kartalari yordamida amalga oshirilishi mumkin.

 

Click to‘lov tizimi orqali to‘lovlar

 

8.jpg

 

To‘lov tizimi – to‘lov usulini bosganingizda, Tizim foydalanuvchini click.uz saytiga o‘tkazadi:

 

9.jpg

 

  1. Agar foydalanuvchining qurilmasida Click ilovasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, u “Ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘lash” blokiga o‘z karta ma'lumotlarini kiritib to‘lovni amalga oshirishi mumkin. To‘lovni tasdiqlash uchun qanday buyruqni terish kerakligi haqida ko‘rsatma bilan foydalanuvchining telefoniga SMS keladi. Foydalanuvchi SMS-dan qadamlarni bajarmaguncha, to‘lov tugallanmaydi va obuna faollashtirilmaydi.
  2. Agar foydalanuvchining telefonida Click ilovasi o‘rnatilgan bo‘lsa, u telefon raqamini “Hisob chiqarish orqali to‘lash” blokiga kiritishi kerak. Ilova siz tanlagan obuna miqdori uchun hisobni ilovaga jo‘natadi. To‘lovni yakunlash uchun ilovaga kelgan hisobni to‘lashingiz kerak bo‘ladi.

 

Bank ilovalari orqali to‘lovlar

Misol sifatida Click evolution ilovasini ko‘rib chiqamiz:

Kundalik obunasini bank ilovasi orqali xarid qilish uchun, Kundalik ID-ni  bilishingiz kerak.

Kundalik identifikatoringizni ko‘rish uchun kerak bo‘ladi:

  • login va parolingiz yordamida Kundalik.com veb-saytiga kirish;
  • yuqori o‘ng burchakdagi ismni ustidan bosish;
  • ochiladigan menyuda "Obunalar"-ni tanlash;
  • ochilgan oynada obuna blokining yuqori o‘ng burchagida ko‘rsatilgan Kundalik ID raqamini nusxalash yoki ko‘rib olish mumkin.

16.jpg

 

Eslatma: Raqamlar yonidagi to‘rtburchakni bosish orqali identifikatorni nusxalashingiz mumkin.

  • ilovaga o‘tish;
  • "To‘lov - Ta'lim" bo‘limini tanlash;
  • Kundalik xizmatini tanlash:

17.jpg18.jpg

 

  • Kundalik ID raqamini kiritish;
  • obuna turini tanlash;
  • to‘lovni tasdiqlash uchun "Davom etish" tugmasini bosish:

19.jpg 20.jpg21.jpg

 

Terminal orqali naqd pul to'lash

  • terminalda Kundalik xizmatini tanlang;
  • Kundalik IDraqamini kiriting va "To'lash" tugmasini bosing;
  • o'zingiz to'lamoqchi bo'lgan obuna turini tanlang;
  • telefon raqamini kiriting va pastki qismida uyali aloqa operatorini tanlang;

Muhim: agar to'lovni amalga oshirayotganda, terminalga tanlangan obuna to'lovi uchun ko'rsatilgan pul miqdoridan ko'prog' mablag' kiritgan bo'lsangiz, qaytim siz kiritgan telefon raqamiga yuboriladi.

  • "To'lash" tugmasini bosing;
  • terminal ekranida kiritish kerak bo'lgan summa ko'rsatiladi. Terminalga kerakli miqdorni kiritish kerak;
  • to'lovni tasdiqlang.

To‘lov tasdiqlangandan so‘ng Kundalik obunasi faollashadi. Agar to'langan summa obuna uchun belgilangan narxdan ortiq bo'lsa, qaytim darhol to'lov vaqtida kiritilgan telefon raqami balansiga qaytariladi.

 

Kundalik.Family ilovasi orqali PRO obunasi uchun to‘lovlar

Ilova orqali to‘lovni amalga oshirish uchun Play Market yoki App Store akkauntiga to‘lov kartasi kiritilgan va saqlangan bo‘lishi kerak.

Ilova orqali obunani xarid qilish uchun:

  • ilovaga ota-ona/o‘quvchi login va paroli bilan kirish;
  • "Profil'" bo‘limiga o‘tish;
  • "PRO versiyasiga kirish huquqida ega bo‘lish" tugmasini bosish:

6__1_.jpg

 

  • qiziqtirgan obunani tanlash va "Obunani boshlash" tugmasini bosish lozim.

Eslatma 1:

Ilovada oylik yoki yillik obunalar tanlovi mavjud:

  1. "Bir oy uchun" - oylik to‘lov bilan obuna;
  2. "12 oyga" - yillik to‘lov bilan obuna.

Eslatma 2: barcha obunalarda avtomatik to‘lovni yangilash mavjud.

Barcha obunalar kalendar' yil (akademik yil emas) yoki kalendar' oy uchun amal qiladi (tanlangan obuna variantiga qarab).

Yillik obunani xarid qilganda,  ilovadan foydalanishning birinchi oyi bepul taqdim etiladi. Obuna to‘lovi 30 kundan keyin avtomatik ravishda akartadan yechiladi.

 

12.jpg11.jpg

 

2__1_.png Play Market va App Store-da to‘lovni Visa yoki Master Card kartalari orqali, telefoningiz sozlamalariga mos keladigan valyutada amalga oshirilishi mumkin.

Tariflar xaqida batafsil ma'lumotni bu yerdan topishingiz mumkin.

To‘lovga o‘tish orqali siz «Xizmat ko‘rsatish shartlarini» qabul qilasiz.

 

E'tibor bering: o‘quv yili davomida kompaniya har xil xizmatlar va obunalarning kombinatsiyasiga bo‘lgan talab bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishi mumkin, ularning narxi maqolada ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin. Bu xizmatlar va obunalar cheklangan foydalanuvchilar auditoriyasi uchun vaqtincha mavjud.

 

2__1_.png agar to‘lov o‘tkazish vaqtida qiyinchiliklarga duch kelsangiz, brauzeringizda cookie fayllari yoqilganligiga ishonch hosil qiling. Batafsil ma'lumot

Ma'lumot:

 

Была ли эта статья полезной?

Комментарии