Fayllarni qanday arxivlash va arxivdan chiqarish mumkin?

Fayllar yoki fayllar bilan papkalarni arxivlash va ochish o‘qituvchiga dars rejalarini yuklashda, dars mavzusiga fayllarni yuklashda ham, uy vazifasi sahifasiga bajarilgan topshiriqlar bilan bir nechta fotosuratlarni yuklashda o‘quvchilar uchun zarur bo‘lishi mumkin.

Mashhur WinRAR arxivi bilan ishlashni ko‘rib chiqamiz:

Arxiv fayllari bilan ishlash uchun avval qurilmangizga arxivlovchi dasturini o‘rnatishingiz kerak.

  • Kompyuter uchun WinRAR dasturini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin;
  • Mobil qurilma uchun RAR dasturini Play market (Android foydalanuvchilari uchun) yoki App Store (IOS foydalanuvchilari uchun) ilovalar markazi orqali yuklab olishingiz mumkin.

RAR fayl kengaytmasi - bu nima?

RAR- WinRAR arxivatorining asl formati. RAR formatidagi fayl .rar kengaytmasiga ega va bir yoki bir nechta ixchamlashtirilgan fayllarni saqlashi mumkin bo‘lgan ma'lumotlar konteyneridir. Boshqa arxivlash dasturlari bilan solishtirganda, RAR juda ko‘p afzalliklarga ega, jumladan, ko‘p qismli arxivlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori ixchamlashtirish nisbati, bu uy vazifasi sahifasiga fayllarni yuklashda foydali bo‘lishi mumkin.

 

Kompyuterda RAR fayllar bilan ishlash

Fayl/papkalarni qanday arxivlash mumkin:

  • Arxivlamoqchi bo‘lgan fayllarni tanlang.
  • Sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan tanlangan fayllardan birini bosing.
  • Kontekst menyusidan Arxivga qo‘shish-ni tanlang:

11.jpg 12.jpg

 

Arxivlangan faylni qanday ochish mumkin:

1. Agar sizda ochmoqchi bo‘lgan RAR faylingiz bo‘lsa (masalan, sinf jurnallari bilan eksport qilingan arxiv), ushbu faylni ikki marta bosing va u WinRAR dasturida ochiladi. Shundan so‘ng arxivdan chiqarish kerak bo‘lgan fayl va/yoki papkalarni tanlash mumkin:

 

3.jpg

 

2. WinRAR oynasining yuqori qismidagi "Chiqarish…" tugmasini bosing, maqsadli papkani tanlang (RAR faylidan olingan ma'lumotlarni saqlamoqchi bo‘lgan joy) va "OK" tugmasini bosing.
Chiqarilgan fayllar maqsadli papkaga joylashtiriladi.

 

4.jpg

 

Mobil qurilmada RAR fayllari bilan ishlash 

Fayl/papkalarni qanday arxivlash mumkin:

  1. faylni arxivlash uchun RAR ilovasiga kirish kerak;
  2. faylni tanlash va ekranning yuqori qismidagi 25.jpg belgisini bosing;
  3. saqlanishi kerak bo‘lgan joyni tanlang va arxivdan chiqarishni tasdiqlash uchun "OK" tugmasini bosing:

14.jpg 15.jpg

 

Arxivlangan faylni qanday ochish mumkin:

1. Архивланган файлни юклаб олгандан сўнг, файлни очиш йўлини танлаш учун ушбу файлни босишингиз керак:

 

 7.jpg 6.jpg

 

2. Tanlangan fayllarni ko‘rish uchun kerakli faylni belgilang va tegishli ilovada oching:

 

9.jpg 10.jpg

 

3. Faylni arxivdan chiqarish uchun faylni tanlang va 55.jpg belgisini bosing, faylning manzilini tanlang va arxivdan chiqarishni tasdiqlash uchun "OK" tugmasini bosing:

 

8.jpg

 

 

Была ли эта статья полезной?

Комментарии