“Kundalik.Family” mobil ilovasining maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o’rinlarda - “Maxfiylik siyosati”) “KUNDALIK.Family” Avtomatlashtirilgan axborot tizimi saytidan, “KUNDALIK.Family” Avtomatlashtirilgan axborot tizimi dasturlari va mahsulotlaridan foydalanish jarayonida Foydalanuvchi to’g’risida olishi mumkin bo’lgan barcha ma’lumotlarga nisbatan qo’llaniladi.

 

1-bolim. Atamalar.

1.1 Ushbu Maxfiylik siyosatida quyidagi atamalar qo’llaniladi:

1.1.1. “KUNDALIK.Family”Mobil ilovasi (keyingi o’rinlarda – “Tizim”) – "Kundalik" AAT asosida ishlaydigan qo’shimcha pullik xizmat bolib, shu bilan birga umumiy foydalanish uchun maxsus yaratilgan qo’shimcha funksiyalarga ega alohida dastur hamdir.

1.1.2. Ma’muriyat – “KUNDALIK” mas’uliyati cheklangan jamiyati, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko’chasi, 42/1-uy manzilida joylashgan.

Ma’muriyat manzili o’zgarganligi yoki Ma’muriyat nomidan yoki uning tomonida vakil bo’lib ishtirok etuvchi shaxs o’zgarganligi to’g’risida, Ma’muriyat ushbu Siyosatga o’zgartirishlar kiritish orqali Foydalanuvchini xabardor qiladi.

1.1.3. Foydalanuvchi– login va paroldan foydalangan holda Tizimda Profilni ro’yxatdan o’tkazgan, shuningdek, Foydalanuvchi shartnomasi shartlariga va o’z nomidan, ota-onasi/qonuniy vakili roziligi bilan o’z nomidan, voyaga etmagan shaxs nomidan vakil yoki ota-onasi va/yoki qonuniy vakili nomidan ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirgan jismoniy shaxs. Tizim foydalanuvchilari: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xodimlari; O’zbekiston Respublikasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ta’lim sohasida rahbarlikni amalga oshiruvchi xodimlari; boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining xodimlariga, agar ushbu organlarga O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish majburiyatlari (vakolatlari) yuklangan bo’lsa; O’zbekiston Respublikasidagi o’rta ta’lim tashkilotlari xodimlari (keyingi o’rinlarda - ta’lim tashkilotlari xodimlari); O’zbekiston Respublikasidagi o’rta ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchilar (keyingi o’rinlarda – ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchilar), O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari) (keyingi o’rinlarda – ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari).

1.1.4. Shaxsiy ma’lumotlar - to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanishi mumkin bo’lgan jismoniy shaxsga tegishli har qanday ma’lumotlar (shaxsiy ma’lumotlarning subyekti).

1.1.5. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash - shaxsiy ma’lumotlar bilan avtomatlashtirish vositalaridan foydalangan holda yoki foydalanmasdan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operatsiya) yoki harakatlar (operatsiyalar) majmui, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarni yig’ish, qayd etish, tizimlashtirish, to’plash, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, ishlatish, uzatish (tarqatish, ta’minlash, kirish), shaxssizlashtirish, blokirovka qilish, o’chirish, yo’q qilish.

1.1.6. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi - Operator yoki shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo’lgan boshqa shaxs uchun shaxsiy ma’lumotlar subyektining roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz tarqatilishining oldini olish uchun qo’yilgan majburiy talab.

1.1.7. Profil – Foydalanuvchi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan va Tizim xizmatlariga Avtorizatsiya qilingan kirish huquqlariga ega Foydalanuvchi hisob qaydi. Tizimda quyidagi profillar nazarda tutilgan: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Xodimi, O’zbekiston Respublikasi ta’lim boshqarmasi Xodimi, O’zbekiston Respublikasi ta’lim bo’limi Xodimi, ta’lim tashkiloti Xodimi, O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tashkilotida Tahsil oluvchi, O’zbekiston Respublikasidagi ta’lim tashkilotida tahsil oluvchining Ota-onasi (qonuniy vakili).

1.1.8. Foydalanuvchi nomi (login) - har bir alohida Foydalanuvchini Tizimning boshqa Foydalanuvchilari orasidan alohida ravishda ajratib turuvchi (identifikatsiya qiluvchi) belgilar ketma-ketligi.

1.1.9. Parol - faqat Foydalanuvchining o’ziga ma’lum bo’lgan, Tizimda shifrlangan shaklda saqlanadigan va Foydalanuvchi Autentifikatsiyasi uchun Foydalanuvchi nomi (login) bilan birgalikda foydalaniladigan belgilar ketma-ketligi.

1.1.10. Autentifikatsiya - Foydalanuvchi nomi (login) va parol yordamida amalga oshiriladigan Foydalanuvchining Tizimga masofaviy kirish huquqini sertifikatlash.

1.1.11. Ruxsat etilgan kirish - muvaffaqiyatli Autentifikatsiya qilingan holatdagi kirish.

1.1.12. Muassasa — O’zbekiston Respublikasidagi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, ta’lim faoliyatini asosiy maqsad qilib olgan ta’lim tashkilotlari, shuningdek, ta’lim sohasida boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari. Ushbu Siyosat maqsadlari uchun Muassasalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  •   O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi;
  •  Ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi viloyatning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
  • Ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi respublika ahamiyatidagi shahar va poytaxtning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
  • Ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi tuman va viloyatlar ahamiyatidagi shaharlarning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
  • Boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, ushbu organlarga O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ta’lim sohasidagi masalalarni hal etish vazifalari (vakolatlari) yuklangan taqdirda;
  • O’zbekiston Respublikasida ta’lim tashkilotlari.

2-bo’lim. Kirish

2.1. Tizim maqsadlarini amalga oshirishning eng muhim sharti shaxsiy ma’lumotlar va ular doirasida ishlov beriladigan texnologik jarayonlarning zarur va yetarli darajada axborot xavfsizligini ta’minlashdir. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash Ma’muriyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir.

2.2. Shaxsiy ma’lumotlar sirasiga kiruvchi ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O’RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni (keyingi o’rinlarda - “ShM to’g’risidagi Qonun”) talablariga muvofiq amalga oshiriladi hamda shaxsiy ma’lumotlarning axborot tizimlarida, ya’ni tashkil etilishi maqsadi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo’lgan tizimlarda qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlashga imkon beradi. Shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan shartlar va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari tomonidan taqdim etiladi.

2.3. Ushbu Maxfiylik siyosati shaxs va fuqaroning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishda ularning huquq va erkinliklarini, shu jumladan shaxsiy hayot, shaxsiy va oilaviy sirlar daxlsizligi huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash tamoyillari, tartibi va shartlarini, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo’lgan Ma’muriyat mansabdor shaxslarining shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilishni tartibga soluvchi qoidalar talablariga rioya qilmaganligi uchun javobgarligini belgilaydi.

 

3-bo’lim. Shaxsiy ma’lumotlar tushunchasi va tarkibi

3.1. Ma’muriyat tomonidan muhofaza qilinadigan shaxsiy ma’lumotlar ro’yxati ShM to’g’risidagi qonunga muvofiq shakllantiriladi. Shaxsiy ma’lumotlarni tashkil etuvchi ma’lumotlar to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita aniqlangan yoki aniqlanadigan jismoniy shaxsga (shaxsiy ma’lumotlar subyekti) tegishli har qanday ma’lumotdir.

3.2. Shaxsiy ma’lumotlar subyektiga qarab, Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining quyidagi toifalarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlaydi:

  • O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari – mehnat munosabatlari bilan bog’liq holda zarur bo’lgan va muayyan xodimga tegishli ma’lumotlar.
  • O’zbekiston Respublikasining mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ta’lim sohasida boshqaruvni amalga oshiruvchi xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari – Ma’muriyat tomonidan qayta ishlash maqsadlariga erishish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar.
  • Boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari, agar ushbu organlarga O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasidagi masalalarni hal etish majburiyatlari (vakolatlari) yuklangan bo’lsa, – Ma’muriyat tomonidan qayta ishlash maqsadlariga erishish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablarini bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar.
  • Ta’lim tashkilotlari xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari – Ma’muriyat tomonidan qayta ishlash maqsadlariga erishish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar.
  • Ta’lim tashkilotlarida tahsil oluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari – Ma’muriyat tomonidan qayta ishlash maqsadlariga erishish va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar.
  • Taʼlim tashkilotlarida tahsil oluvchilarning ota-onalari (qonuniy vakillari) toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlar – Maʼmuriyat tomonidan qayta ishlash maqsadlariga erishish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar.

3.3. Ushbu Maxfiylik siyosati bo’yicha qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma’lumotlar Foydalanuvchi tomonidan Tizimning veb-sayti, dasturlari va mahsulotlarida ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirish orqali taqdim etiladi. Ro’yxatdan o’tish shakli quyidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:

3.3.1. Foydalanuvchining ism-sharifi, otasining ismi;

3.3.2. Foydalanuvchining aloqa uchun telefon raqami;

3.3.3. Elektron pochta manzili (e-mail);

3.4. Tizim Foydalanuvchilarning IP-manzillari to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni to’playdi. Ushbu ma’lumotlar texnik muammolarni aniqlash va hal qilish, moliyaviy to’lovlarning qonuniyligini nazorat qilish uchun qo’llaniladi.

3.5. Ushbu Maxfiylik siyosatida ko’rsatilmagan boshqa har qanday shaxsiy ma’lumotlar xavfsiz saqlanishi va tarqatilmasligi kerak, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2- va 6.1-bandlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

4-bo’lim. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash maqsadlari

4.1. Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaydi:

4.1.1. Elektron jurnalni yuritish jarayonini, qonuniy vakillar va tahsil oluvchilarning pedagoglar bilan elektron shaklda faoliyat yuritishlarini ta’minlash, shuningdek, ota-onani (qonuniy vakilni) tahsil oluvchining davomati va o’quv jarayonining kechishi yuzasidan xabardor qilish;

4.1.2. 4.1.1.-bandining bajarilishini ta’minlash uchun Tizimda ro’yxatdan o’tgan Foydalanuvchining identifikatsiyasi;

4.1.3. Foydalanuvchi bilan aloqa o’rnatish;

4.1.4. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarning to’g’riligi va to’liqligini tasdiqlash;

4.1.5. Foydalanuvchining roziligi bilan reklama faoliyatini amalga oshirish.

4.2. Tizimning ishlashini ta’minlash uchun Ma’muriyat quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda taqdim etishni talab qilishga haqli:

4.2.1. Foydalanuvchi ma’lumotlari;

4.2.2. Foydalanuvchi IDsi;

4.2.3. Ilovalardagi xabarlar;

4.1.4. Rasmlar, video- va audio-fayllar;

4.1.5. Fayllar va hujjatlar;

4.1.6. Kontaktlar;

4.1.7. Qurilma identifikatorlari va boshqa identifikatorlar;

4.1.8. Ilovalardagi harakatlar va boshqa harakatlar;

4.1.9. Qurilmaga o’rnatilgan ilovalar;

4.1.10. Ilova diagnostikasi;

4.1.11. Xatolar yuzasidan hisobotlar va ilovaning ishlashi yuzasidan boshqa ma’lumotlar.

4.1. Yuqoridagi ma’lumotlar Ma’muriyat tomonidan saqlanadi va ushbu Maxfiylik siyosatida ko’rsatilgan maqsadlarda foydalaniladi.

4.2. Ma’muriyat Foydalanuvchini identifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan ma’lumotlarni to’plashi mumkin bo’lgan tashqi servislardan foydalanish huquqiga ega.

4.3. Tizim Foydalanuvchi tomonidan foydalanilganda xato yuz bergan taqdirda, Ma’muriyat ma’lumotlarni (tashqi mahsulotlari orqali) to’playdi. Ushbu jurnal ma’lumotlari Foydalanuvchi qurilmasining Internet-protokoli ("IP") manzili, Foydalanuvchi qurilmasining nomi, operatsion tizim versiyasi, Tizimdan foydalanishda ilova konfiguratsiyasi, Tizimdan foydalanish vaqti va sanasi va Tizimdagi xatolarni bartaraf etishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan boshqa statistik ma’lumotlarni o’z ichiga olishi mumkin.

4.1. Ma’muriyat quyidagi harakatlarni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanishga haqli:

4.1.1. Tizimga xizmat ko’rsatish;

4.1.2. Tizim bilan bog’liq xizmatlarni taqdim etish;

4.1.3. Tizimdan qanday foydalanilayotganini tahlil qilishda yordam berish uchun;

4.2. Yuqoridagi xizmatlarni amalga oshirish uchun uchinchi shaxslar Tizim Foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlariga kirish uchun so’rov jo’natish va ulardan ushbu Maxfiylik siyosatida ko’rsatilgan chegaralar doirasida foydalanish huquqiga ega.

 

5-bo’lim. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va shartlari

5.1. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash shartlari talabaning ta’lim tashkilotida o’qish muddatiga yoki Muassasa, Ma’muriyat xodimi bilan mehnat munosabatlari davriga muvofiq belgilanadi.

5.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda berilishi mumkin.

5.3. Shaxsiy ma’lumotlar yo’qolgan yoki oshkor qilingan taqdirda, Ma’muriyat Foydalanuvchiga shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolishi yoki oshkor etilishi haqida xabar beradi.

5.4. Ma’muriyat Foydalanuvchi bilan birgalikda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yo’qotish yoki oshkor qilish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’radi.

5.1. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash shartlari tahsil oluvchining ta’lim tashkilotida o’qish muddatiga yoki Muassasa, Ma’muriyat xodimi bilan mehnat munosabatlari davriga muvofiq belgilanadi.

5.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlariga faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartibda berilishi mumkin.

5.3. Shaxsiy ma’lumotlar yo’qolgan yoki oshkor qilingan taqdirda, Ma’muriyat Foydalanuvchiga shaxsiy ma’lumotlarning yo’qolishi yoki oshkor etilishi haqida xabar beradi.

5.4. Ma’muriyat Foydalanuvchi bilan birgalikda Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini yo’qotish yoki oshkor qilish natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlarning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko’radi.

 

6-bo’lim. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

6.1. Ma’muriyat quyidagi huquqlarga ega:

6.1.1. Sudda o’z manfaatlarini himoya qilish;

6.1.2. Subyektlarning shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etish, agar bu amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lsa (soliq, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqalar);

6.1.3. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishni rad etish;

6.1.4. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda subyektning shaxsiy ma’lumotlaridan uning roziligisiz foydalanish.

6.2. Shaxsiy ma’lumotlar subyekti quyidagi huquqlarga ega:

6.2.1. Shaxsiy maʼlumotlariga aniqlik kiritishni, agar shaxsiy maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan, eskirgan, ishonchsiz, qonunga xilof ravishda olingan yoki koʻrsatilgan qayta ishlash maqsadlari uchun zarur boʻlmasa, bloklanishi yoki yoʻq qilinishini talab qilish, shuningdek, ularning huquqlarini himoya qilish boʻyicha qonuniy choralar koʻrish;

6.2.2. Ma’muriyat tomonidan qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlarning ro’yxatini va ularni olish manbasini talab qilish;

6.2.3. Shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash shartlari, shu jumladan ularni saqlash shartlari to’g’risida ma’lumot olish;

6.2.4. Shaxsiy ma’lumotlarning noto’g’ri yoki to’liq bo’lmaganligi to’g’risida oldindan xabardor qilingan barcha shaxslarni ularga kiritilgan barcha istisnolar, tuzatishlar yoki qo’shimchalar to’g’risida xabardor qilishni talab qilish;

6.2.5. Shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo’yicha vakolatli organga yoki uning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishdagi noqonuniy xatti-harakatlar yoki harakatsizlik ustidan sudga murojaat qilish;

6.2.6. O’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan yetkazilgan zararni qoplash va (yoki) ma’naviy zararni sud tartibida qoplash.

 

7-bo’lim. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash tamoyillari va shartlari

7.1. Ma’muriyat tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:

  • shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash maqsadlari va usullarining qonuniyligi va adolatliligi;
  • shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash maqsadlarining shaxsiy ma’lumotlarni to’plash jarayonida oldindan belgilangan va e’lon qilingan maqsadlarga muvofiqligi;
  • qayta ishlangan shaxsiy ma’lumotlarning hajmi va xarakteri, shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash usullari shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash maqsadlariga muvofiqligi;
  • shaxsiy ma’lumotlarning ishonchliligi, ularning to’plash va qayta ishlash maqsadlari uchun yetarliligi, shaxsiy ma’lumotlarni to’plashda ko’rsatilgan maqsadlarga nisbatan ortiqcha bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga yo’l qo’yilmasligi;
  • shaxsiy ma’lumotlarni o’z ichiga olgan o’zaro nomuvofiq maqsadlarda yaratilgan ma’lumotlar bazalarini birlashtirishga yo’l qo’yilmasligi;
  • shaxsiy ma’lumotlarni shaxsiy ma’lumotlar subyektini aniqlash imkonini beruvchi shaklda, ularni to’plash va qayta ishlash maqsadlarida talab qilinganidan ortiq bo’lmagan holda saqlash;
  • shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlariga erishilganda yoki ularga erishish zarurati yo’qolgan taqdirda yo’q qilish.

7.2. Shaxsiy ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.

 

8-bo’lim. Shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash

8.1. Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlarning tasodifiy yoki ruxsatsiz qo’llanilishi, yo’q qilinishi, o’zgartirilishi, ularga kirishning bloklanishi va uchinchi shaxslarning boshqa ruxsat etilmagan harakatlaridan muhofaza qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko’radi.

8.2. Shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida, Maʼmuriyat tomonidan shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul shaxslar tayinlanadi.

8.3. Tizimda mavjud boʻlgan maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi 560-II-sonli “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O’RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar to’g’risida” Qonuni, boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

 

9-bo’lim Tomonlarning javobgarligi

9.1. O’z majburiyatlarini bajarmagan Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish bilan bog’liq Foydalanuvchiga yetkazilgan zararlar uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladi, ushbu Maxfiylik siyosatining 5.2 va 6.1-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

9.2. Maxfiy ma’lumotlar yo’qolgan yoki oshkor qilingan taqdirda, Ma’muriyat ushbu maxfiy ma’lumotlar uchun javobgar emas:

9.2.1. Yo’qolishi yoki oshkor etilishidan oldin ijtimoiy mulkka aylanib bo’lgan;

9.2.2. Ma’muriyat tomonidan qabul qilinishidan oldin uchinchi shaxs tomonidan olingan;

9.2.3. Foydalanuvchining roziligi bilan oshkor qilingan.

 

10-bo’lim Nizolarni hal qilish

10.1 Tomonlar yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar yo’li bilan hal qilishlari shart. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, tomonlar sud organlariga murojaat qilishdan oldin da’vo arizasini yuborishlari shart.

10.2. Da’voni oluvchi da’vo olingan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida da’voni ko’rib chiqish natijalari to’g’risida da’vogarni yozma ravishda xabardor qilishi shart.

10.3. Agar kelishuvga erishilmasa, nizo javobgarning joylashgan manzilidagi sudga yuboriladi.

10.4. Mazkur Maxfiylik siyosati, shuningdek, Foydalanuvchi va Ma’muriyat o’rtasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

 

11-bo’lim. Yakuniy qoidalar

11.1. Ushbu Maxfiylik siyosati Maʼmuriyat tomonidan ishlab chiqilgan hujjat boʻlib, barcha uchun ochiq va Tizimda quyidagi manzilda joylashtirilishi kerak: https://help.kundalik.com/hc/ru/articles/6832365357596.

11.2. Ushbu Maxfiylik siyosatiga shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo’yicha yangi qonun hujjatlari va maxsus me’yoriy hujjatlar paydo bo’lgan taqdirda o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishi zarur, shu bilan birga, ushbu jarayon Foydalanuvchining roziligisiz kamida uch yilda bir marta amalga oshirilishi kerak.

11.4. Yangi Maxfiylik siyosati, agar Maxfiylik siyosatining yangi nashrida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, 11.1-bandda ko’rsatilgan manzilda Tizimda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.

11.3. Ushbu Maxfiylik siyosati talablarining bajarilishini nazorat qilish Ma’muriyat shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

11.4. Shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga ega bo’lgan Ma’muriyat mansabdor shaxslarining shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va muhofaza qilishni tartibga soluvchi qoidalar talablariga rioya qilmaganliklari uchun javobgarligi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Ma’muriyatning ichki hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

 

Была ли эта статья полезной?

Комментарии