Hisobat davrlari

Umumta'lim muassasalarida turli sinflar yoki paralellar uchun turli hil hisobot
davri tuzilishi mumkin. Sinfda qabul qilingan o‘quv rejasini hisobga olgan holda
o‘qitishning boshlanish va tugash sanasi har bir hisobot davrida har xil tarzda belgilanishi
mumkin.

Yangi hisobot davrini yaratish uchun quyidagilar zarur:

  • «Jadvallar» blokidagi «Hisobot davrlari» bandini bosing;
  • «Davr yaratish» havolasini bosing;
  • ochilgan sahifada, hisobot davri nomini kiriting va uning turini
    (semestr, trimestr, chorak yoki modul) ko‘rsatish uchun kalitdan foydalaning;
  • «Keyingi» tugmasini bosing;

11.jpg

 

  • yangi sahifada o‘quv yilidagi har bir hisobot davri uchun to‘g‘ri boshlash va tugash
    vaqtini ko‘rsatib, «Saqlash» tugmasini bosing. Qulaylik uchun siz yordamchi
    vositadan foydalanishingiz mumkin – sana kiritish maydoni bilan ishlashda
    ochiladigan taqvim;

22.jpg

  • keyingi sahifada siz joriy o‘quv yilida to‘g‘ri keladigan mamlakatdagi bayram va
    dam olish kunlarini ko‘rsatishingiz kerak;
  • «Saqlash» tugmasini bosing.

Hisobot davrini tahrirlashda bayram va dam olish kunlarini o‘zgartirish mumkin.

 

33.jpg

Agar siz hisobot davrlarida ma'lumotlarni tahrirlashingiz kerak bo‘lsa, uning nomini bosishingiz, kerakli o‘zgartirishni kiritishingiz, va «Saqlash» tugmasini
bosishingiz kerak bo‘ladi. Berilgan hisobot davrini o‘chirish uchun «O‘chirish» bandini
bosing.

Eslatma: Agar davr bilan sinf o‘rtasida aloqa bo‘lmasagina hisobot davrini o‘chirish mumkin
bo‘ladi.

Hisobot davri va sinf o‘rtasidagi munosabatni yaratish uchun quyidagilar zarur:

  • «Sinflar» blokidagi «Sinflar ro‘yhati» bandini bosing;
  • siz hisobot davri o‘rnatmoqchi bo‘lgan sinf nomini bosing;
  • ekranning o‘ng tomonidagi «Tahrirlash» tugmasini bosing;
  • ochilgan sahifada «Hisobot davri» maydonida istagan hisobot davrini belgilang;
  • «Saqlash» tugmasini bosing.

Eslatma: yaratilgan hisobot davri asosida dars jadvali va jurnallar tuziladi.

Была ли эта статья полезной?

Комментарии