Ish stoli - saytning kerakli o‘quv bo‘limlariga tezda o‘tish uchun mo‘ljallangan vidjet. Foydalanuvchi huquqlari va roliga qarab, ish stolida turli xil bloklar ko‘rsatiladi.
Interfeys
Bir yoki bir nechta sinflarda sinf rahbari maqomiga ega bo‘lgan xodimlar o‘z sinflari bilan ishlash uchun «Sinf rahbariyati» blokiga kirish huquqiga ega.
Eslatma: agar xodim bir nechta sinflarda sinf rahbari bo‘lsa, bo‘lim bir nechta satrlarni ko‘rsatadi, har bir sinf uchun bitta satr.
Blok bo‘yicha yo‘nalishlar (navigasiya)
- Agar siz sinf nomini bossangiz
, ushbu sinf profiliga tezda o‘tishingiz mumkin.
- «Jadval» tugmachasi
ushbu sinf uchun joriy haftaning dars jadvaliga, «butun davr uchun jadval» yoki «Darslarni ishlab chiqarish (yaratish)» bo‘limiga o‘tishga imkon beradi.
- «Jurnal» tugmachasi
siz tanlagan sinf uchun hafta jurnalini ochishga imkon beradi.
- «Davomat» tugmachasi
tanlangan sinf uchun «Davomat»: «Sinf o‘qituvchisiga» hisobot sahifasiga olib keladi.
- «O‘quvchilar» tugmachasi
ushbu sinf o‘quvchilari ro‘yxatini ochadi.
- «Ota-onalar» tugmachasi
ushbu sinfdagi ota-onalar ro‘yxatini ochadi.
- «Faollik» tugmachasi
ushbu sinf va undagi barcha roldagi foydalanuvchilar (o‘quvchi, ota-ona, xodim) uchun “Kundalik faolligi: Shaxsiy” xisobot saxifasini ochib beradi.
Eslatma: barcha havolalar yangi yorliqda ochiladi.
Ish stoli sinf o‘qituvchisiga o‘z sinfiga qulay va tezkor ravishda, sahifalar o‘rtasida keraksiz o‘tishlarni amalga oshirmasdan, ishlashni tezlashtiradigan va yanada qulayroq qilish imkonini beradi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish