Ish stoli - saytning kerakli o‘quv bo‘limlariga o‘tish uchun yaratilgan vidjet. Foydalanuvchi huquqlari va roliga qarab, ish stolida turli xil bloklar ko‘rsatiladi.
Interfeys
«Fanlar va sinflar» bloki tanlangan maktabning keyingi 30 kunlik jadvalida fan o‘qituvchisi / almashtiruvchi o‘qituvchi etib tayinlangan xodimlar uchun mavjud.
«Fan», «Sinf» va «Yaqin oradagi dars» ustunlarida filtr mavjud. Tegishli ustun nomini bosganingizda, uning tarkibi ko‘tarilish tartibida joylashtiriladi:
- fan nomi uchun – A-dan Ya-gacha;
- sinf uchun – 1 paralleldan 11 parallelgacha;
- dars uchun, eng yaqin sana.
Ikkinchi marta bosilganda, pasayish tartibida ko‘rsatiladi.
Eslatma: agar biron bir fan o‘qituvchisi hisobot davrida, fan bo‘yicha, sinfda bir nechta dars o‘tkazsa, unda jadvalda faqat sana bo‘yicha eng yaqin dars ko‘rsatiladi.
Blok bo‘yicha yo‘nalishlar (navigasiya)
- «Fan»: fanning qisqa nomi ko‘rsatiladi;
- «Sinf»: sinf kodi va o‘quv guruhning qisqa nomini ko‘rsatadi (agar mavjud bo‘lsa);
- «Jurnal»
tugmachasini bosganingizda, tanlangan sinf uchun fan bo‘yicha jurnalga o‘tasiz (dars o‘tkaziladigan hisobot davri ochiladi);
- «Darslar»
tugmachasini bosganingizda, siz fan bo‘yicha dars soatlarini rejalashtirish sahifasiga o‘tasiz (dars o‘tkaziladigan hisobot davri ochiladi);
- «Uy vazifasi»
tugmachasini bosganingizda, fan bo‘yicha sinf uchun yaratilgan uy vazifalari sahifasiga o‘tasiz.
- «Yaqin oradagi dars» ustunini bosganingizda dars sahifasi ochiladi, u yerda siz dars haqidagi ma'lumotlarni kiritishingiz / tahrirlashingiz mumkin.
Eslatma: barcha havolalar yangi yorliqda ochiladi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish