Avatar - foydalanuvchining shaxsiy profilidagi rasm.
Avatarni yuklash uchun siz shaxsiy profilingiz sozlamalriga o‘tishingiz va «Profil» yorlig‘idagi «Faylni tanlash» tugmachasini bosishingiz kerak.
Rasmni faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar o‘rnatishi mumkin.
Eslatma: agar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa (ya'ni kul rang bilan belgilangan bo‘lsa), ota-onalar o‘z farzandlariga profil rasmini yuklay olmaydilar. Faqatgina bola o‘z profiliga kirgan xolda rasmini yuklashi mumkin (yoki ota-ona bolaning login va paroli orqali o‘quvchi profiliga kirgan xolda).
Avatarni qanday o‘zgartirish mumkin?
Tizimda fotosurat muharriri mavjud emas, ya'ni avatarni tahrirlash mumkin emas: kontrast va rangni o‘zgartirish, fotosuratni o‘zgartirish va hk.
Avatar sobit o‘lchamga ega, ya'ni har qanday yuklangan rasm hajmi 150 dan 150 pikselgacha bo‘ladi.
Agar fotosurat to‘g‘ri yuklanmagan bo‘lsa (masalan, rasm pastga qaragan bo‘lsa), uni tahrirlash imkonsiz bo‘ladi. Yuklashdan oldin faylni shaxsiy kompyuterda tahrirlash kerak.
Avatarni qanday o‘chirish mumkin?
Suratni profil sozlamalarida o‘chirishingiz mumkin. Fotosuratni yo‘q qilish uchun fotosuratni ustiga kursorni yuritganda paydo bo‘ladigan «krest» belgisini bosishingiz kerak.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish