Tizimning to‘g‘ri ishlashi faqat brauzerlarning yangilangan versiyalaridan foydalanilganda kafolatlanadi. Bu erda qo‘llab – quvvatlanadigan versiyalar haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin. Brauzer eskirib qolgan bo‘lsa, uni yangilash kerak.
Google Chrome brauzereni yangilash
Yangilanishlar mavjud bo‘lsa «Google Chrome Sozlamalari va boshqaruv» belgisi indikatorining rangi o‘zgaradi.
Rangi komp'yuterga yangilanish qancha vaqt oldin yuborilganiga bog‘liq bo‘ladi:
- Яшил – 2 кун олдин;
- Тўқ сариқ – 4 кун олдин;
- Қизил – 7 кун олдин.
Yangilanishni o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
ilovasini bosish orqali asboblar panelidagi Chrome menyusini oching;
- «Google Chrome'ни yangilash» –ni tanlang;
- tasdiqlash oynasi paydo bo‘lsa «Qayta ishga tushirish» tugmasini bosing;
Ilovani qayta ishga tushirganingizda brauzerda ochilgan yoriqlar va oynalar saqlanadi va avtomatik ravishda ochiladi. Darhol ishga tushurishni bekor qilish uchun «Hozir emas» tugmasini bosishingiz kerak. Brauzeringizni keyingi safar ishga tushurganingizda, yangilash avtomatik ravishda qo‘llaniladi.
Google Chrome – ning joriy versiyasi haqida ma'lumot olish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
- asboblar panelidagi Chrome menyusini
oching;
- «Ma'lumotnoma» - «Google Chrome brauzer haqida» menyusini tanlang;
- joriy versiya raqami Google Chrome sarlavhasining ostida ko‘rsatilgan.
Mac va Linux foydalanuvchilari uchun qo‘shimcha ma'lumot:
- Mac foydalanuvchilari uchun: «Google Chrome brauzeri» - «Dasturlar» papkasida o‘rnatilgan bo‘lsa, siz barcha foydalanuvchilar uchun avtomatik yangilanishlarni sozlashingiz mumkin. «Google Chrome Brauzeri haqida» oynasini ochishingiz kerak va «Barcha foydalanuvchilar uchun avto – yangilanishlarni sozlash» tugmasi mavjudligini tekshiring. Agar tugma mavjud bo‘lsa, uni bosib, avtomatik yangilanishlarni sozlash uchun akkaunt ma'lumotlarni kiritishingiz kerak.
- Linux foydalanuvchilari uchun: Google Chrome – ni yangilash uchun to‘plam menedjeridan foydalanishingiz kerak.
Yandeks brauzerini yangilash
Yangilanishni o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- ekranning yuqori chap burchagidagi
tugmani bosing;
- «Qo‘shimcha» menyusini tanlang;
- «Brauzer haqida» bandini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasida brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi. Yangilanishlar avtomatik ravishda yuklab olinadi.
Mozilla Firefox brauzerini yangilash
Yangilanishni o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- menyuga kiring
– «Ma'lumotnoma»
;
- «Firefox haqida» bo‘limini tanlang;
- bo‘lim tanlangandan so‘ng «Firefox ҳақида» oynasi ochiladi, u yerda yangi versiyaning mavjudligi avtomatik ravishda tekshiriladi va o‘rnatiladi.
Brauzerni avtomatik ravishda yangilash uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
- menyuga
o‘ting;
- «Sozlamalar» bo‘limini oching;
- «Asosiy» yorlig‘iga o‘ting;
- «Firefox yangilanishlari» blokida «Avtomatik yangilanishlarni o‘rnatish» – ni faollashtiring.
Agar parametr o‘chirilgan bo‘lsa, «Yangilanishlarni tekshirish» tugmasi mavjud bo‘ladi va tugmani bosganda tekshirish amalga oshiriladi. Agar Mozilla saytida brauzerning yangi versiyasi mavjud bo‘lsa, sizga uni o‘rnatish taklif etiladi.
Opera brauzerini yangilash
Yangilanishni o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- brauzer menyusida
«Dastur haqida» bandini tanlang;
- dastur yangilanishlarni aniqlagan bo‘lsa «Qayta ishga tushirish» tugmasini bosing.
Internet Explorer brauzerini yangilash
Internet Explorer brauzerining yangilanishi Microsoft rasmiy saytidan yuklab olish usulida bajariladi.
Brauzerni yangilash uchun kerak bo‘ladi:
- ushbu sahifani oching;
- «Xozir yangilash» tugmasini bosing;
- fayl komp'yuterga yuklanib bo‘lgandan so‘ng, ustiga komp'yuter sichqonchasi yordamida ikki marta bosing;
- o‘rnatish ko‘rsatmalariga amal qiling.
Eslatma: yangilanishni o‘rnatish uchun brauzer yopiq bo‘lishi kerak.
Brauzerni avtomatik ravishda yangilash uchun quyidagilarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
- tishli g‘ildirak belgisini
bosib brauzerning sozlamalariga o‘ting;
- «Dastur haqida» parametrini tanlang;
- ochilgan oynada, «Avtomatik ravishda yangi versiyalarni o‘rnatish» punktining yonidagi katakchani belgilang.
Ushbu harakatlardan so‘ng dastur sizni yangi versiyalari haqida avtomatik ravishda ogohlantiradi.
2016 yil 12 yanvardan boshlab Microsoft korparatsiyasi Internet Explorer brauzerining eskirgan versiyalari uchun xavfsizlik yangilanishlari va texnik yordamini taqdim qilmaydi. Muntazam xavfsizlik yangilanishlari komp'yuterlarni zararli hujumlardan himoyalashga yordam beradi, shuning uchun o‘z vaqtida yangilanishlar juda muhimdir.
Safari brauzerini yangilash
Yangilanishni o‘rnatish uchun quyidagi amallarni bajaring:
- yuqori qisimdagi
tugmani bosing;
- brauzer menyusida «Safari dasturi haqida» bo‘limini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasida brauzer versiyasi haqida ma'lumot mavjud bo‘ladi. Yangilanishlar avtomatik ravishda yuklab olinadi.
Sharhlar
0 shathlar
sharhsiz qoldirish uchu tizimga kirish