10 MB dan katta fayl yoki videoni qanday qo‘shish mumkin?

Agar siz 10 MB dan katta fayl yoki videoni yuborishingiz kerak bo‘lsa, foydalanuvchi bulutli xotiradan foydalanishi mumkin.

Bulutli saqlash namunalari:

Fayl yoki videoni bulutli saqlashga qanday qo‘shish va uning havolasini qanday qilib yuborishni google.co.uz/intl/ru/drive saytining milosida ko‘rib chiqamiz.

  • google.co.uz/intl/ru/drive  saytiga o‘ting va "Diskni ochish" tugmasini bosing;
  • ochilgan oynada mavjud profil loginini kiriting yoki "Profil yaratish" tugmachasini bosing.

Jarayonni profilni (elektron pochta manzilini) ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab ko‘rib chiqamiz:

  • avtorizatsiya oynasida "Hisob yaratish" - "O‘zingiz uchun" tugmachasini bosing;

_____1.jpg

 

  • familiya va ismingizni kiriting;
  • pochta manzilini o‘zingiz o‘ylab topib, lotin harflari bilan yozing:

Pochta manzillarini yaratish misollari:

  • bahodirov88@gmail.com;
  • Ilxomxakimov@gmail.com;
  • nigina.91@gmail.com, ва хоказо.
  • parolni o‘ylab toping va uni tasdiqlang;
  • "Keyingi" tugmachasini bosing;

_____2.jpg

 

  • ochilgan oynada telefon raqamini, tug‘ilgan sanasini va jinsini kiriting;
  • "Keyingi" tugmachasini bosing;

_____3.jpg

 

  • foydalanish va maxfiylik shartlarini qabul qiling;

_____4.jpg

 

  • "Mening diskim" - "Fayllarni yuklab olish" tugmasini bosing;

_____5.jpg

 

  • ochilgan oynada qurilmadan faylni tanlang;
  • faylni tanlagandan so‘ng, fayl yuklab olishni boshlaydi va yuklab olish holati to‘g‘risida bildirishnoma ekranning pastki qismida o‘ng tomonda paydo bo‘ladi:

_____6.jpg

 

  • muvaffaqiyatli yuklashdan so‘ng, fayl sahifada ko‘rsatiladi:

_____7.jpg

 

  • kursorni fayl ustiga siljiting va sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosing;
  • menyuda "Havolani nusxalash" bandini tanlang:

______8.jpg

 

  • ochilgan oynada "Havolani nusxalash" va "Tayyor" tugmachasini bosing;

_____10.jpg

 

  • Havolani Kundalik Tizimiga kerakli yorliqga kiriting.

 

 

 

 

Bu maqola foydali bo’ldimi?

Sharhlar