Maktablar faoliyati – bu hududdagi barcha maktablarning EJKda ishlash faolligini monitoring qilish uchun integral ko‘rsatkichdir.
Ko‘rsatkichning ruxsat etilgan chegarasi:
- maktablar uchun kamida 100%;
- ta'lim boshqarmasi tashkilotlari uchun kamida 100%.
Maktab / tuman / viloyat darajasida ko‘rsatkichni bajarish uchun maktab ko‘rsatkichlarining barcha bloklari bajarish doirasida bo‘lishi kerak, ya'ni har bir ko‘rsatkich ko‘rsatilgan chegarada bajarilishi kerak.
Quyidagi bloklar "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichiga ta'sir etadi:
Blok | Maktab uchun foiz chegarasi | Ta'lim boshqarmalari uchun foiz chegarasi | Qo‘rsatgichni bajarish |
"O‘qituvchilar" | 100% | 100% | Yangi profillarni faollashtirish |
"O‘quvchilar" | 85% | 85% | Yangi profillarni faollashtirish |
"Ota-onalar" | 85% | 85% | Yangi profillarni faollashtirish |
"Dars jadvalini to‘liqligi" | 100% | 100% | har bir sinf uchun, 1 haftada, kamida 9-ta dars berilishi kerak |
"Darslarni rejalashtirish" | 100% | 100% | Taqvim rejada mavzular va UV-lar |
"Sinf jurnallarini yuritish" | 100% | 100% |
Jadvaldagi har bir dars uchun kamida bitta shart bajarilishi kerak:
|
1-misol: Maktab yuqoridagi barcha ko‘rsatkichlarga belgilangan darajada javob beradi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/6 * 6, ya'ni 100% ga teng bo‘ladi.
2-misol: maktabda "Dars jadvalini to‘liqligi" ko‘rsatkichi 69% (100% bo‘lishi kerak), "Ota-onalar" ko‘rsatkichi 53% (kamida 85% bo‘lishi kerak), qolgan 4 ko‘rsatkichlar belgilangan darajada bajariladi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/6 * 4, ya'ni 67% ga teng bo‘ladi.
3-misol: Maktab ko‘rsatkichlardan faqat bittasini - "Ota-onalar" ko‘rsatgichini belgilangan darajada bajaradi. Shunda, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi quyidagicha hisoblanadi: 100/6 * 1, ya'ni 17% ga teng bo‘ladi.
Tuman / viloyat / mamlakat darajasida "Maktablar faoliyati" ko‘rsatkichi, ko‘rsatkich bo‘yicha yuqori toifadagi maktablarning ulushi sifatida hisoblanadi. Yuqori toifaga kirish uchun maktabning "Faollik" ko‘rsatkichi kamida 100% bo‘lishi kerak.
Eslatma: "Jurnalni o‘z vaqtida yuritish" bloki, "Maktablar faoliyati" ko‘rsatgichiga ta'sir qilmaydi.
Shahar / tuman kesimida ma'lumotni ko‘rish jarayonida siz o‘tgan haftaga nisbatan tendentsiyaga va fonning rang sxemasiga e'tibor berishingiz kerak.
- Kam (0-82%) - ikki yoki undan ortiq ko‘rsatkichlarda (1-4 / 6) kerakli qiymatga yetmagan TM-lar hisobga olinadi.
- O‘rtacha (83-99%) - bitta ko‘rsatgich bo‘yicha kerakli qiymatga yetmagan TM-lar hisobga olinadi, qolgan ko‘rsatkichlar esa bajarilgan: (5/6).
- Yuqori (100%) - barcha ko‘rsatkichlar uchun kerakli darajaga yetgan TM-lar hisobga olinadi (6/6).
Maktab bo‘yicha qaysi ko‘rsatkichga bajarilmaganini aniqlash uchun ochilgan oynada maktab nomini bosish tavsiya etiladi, ko‘rsatkichlar bilan bloklar ko‘rsatiladi.
Ko‘rsatkichlar bloklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot Ushbu BO‘LIMDA ko‘rsatilgan.
Sharhlar
0 shathlar
Sahifa sharhlar uchun yopiq